Oktabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 767 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi, ushbu ko‘rsatkich 2026-yil sentabr oyiga nisbatan 9,6 foizga ko‘p bo‘ldi.
Modellar turkumida yetakchi sifatida Tiggo 7 Pro krossoveri namoyon bo‘lib, uni 442 nafar xaridor tanladi. Oldingi oyga nisbatan model sotuvi 18,2 foizga oshishi, ushbu krossoverga yuqori qiziqish mavjudligini tasdiqladi.
Boshqa talabgir modellar qatorida 82 nafar xaridor tomonidan sotib olingan Arrizo 6 Pro sedani va 80 dona natija bilan Tiggo 4 Pro krossoveri hisoblandi.
Qolgan modellar sotuvi quyidagicha taqsimlandi:
- Tiggo 8 Hybrid va Tiggo 8 Pro – mos ravishda 92 va 9 dona krossover;
- Arrizo 8 Hybrid – 50 dona sedan;
- Tiggo 9 Hybrid va Tiggo 9 Pro – mos ravishda 3 va 7 dona krossover;
- Tiggo 2 Pro – 2 dona krossover.
Brendning gibrid yo‘nalishi alohida e’tiborga loyiqdir. Oktabr oyida 145 dona Chery gibrid avtomobili sotilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich oylik sotuvning deyarli 19 foizini tashkil etdi. Ushbu segmentda eng talabgir model sifatida Tiggo 8 Hybrid bo‘ldi.
Oktabr oyida Chery sotuvining o‘sishi, avvalambor, Tiggo 7 Pro’ga bo‘lgan yuqori talab bilan bog‘liq. Shu bilan birga, gibrid modellarning mavjudligi zamonaviy texnologiyalar va ekspluatatsiya tejamkorligiga qiziqqan xaridorlar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi.