Sentabr oyida Chery brendi O‘zbekistonda 700 dona avtomobil sotdi. Modellar turkumining yetakchisi Tiggo 7 Pro krossoveri bo‘ldi – uni 374 nafar xaridor tanladi. O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan model sotuvi 28,5 foizga oshdi.

Ikkinchi natijani Arrizo 6 Pro sedani namoyon qildi – 132 dona avtomobil. Qolgan modellarning sotuvi quyidagicha taqsimlandi:

    • Tiggo 8 Hybrid va Tiggo 8 Pro – mos ravishda 91 va 35 dona krossover;
    • Arrizo 8 Hybrid – 46 dona biznes-klass sedani;
    • Tiggo 9 Hybrid va Tiggo 9 Pro – mos ravishda 4 va 14 dona krossover;
    • Tiggo 2 Pro – 4 dona krossover.

Sentabr oyida jami 141 dona CHERY gibrid avtomobili sotuvi amalga oshirildi – bu brend oylik sotuvlarining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etdi. Bunday natija shuni ko‘rsatadiki, gibrid modellar an’anaviy kuch qurilmalariga ega avtomobillar bilan bir qatorda asta-sekin talab tarkibida sezilarli o‘rinni egallamoqda.